Kopengagendagi birja binosida yong‘in sodir bo‘ldi
Daniya poytaxtida birja binosi yonib ketdi. Tarixiy inshootning yonib ketishi sabablari hozircha noma’lum, deya xabar berdi mahalliy The Local nashri.
Yong’in 16-aprel kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 8:00 atrofida sodir bo’lgan. 10:30 ga kelib yong‘in binoning qariyb yarmini qamrab olgan edi va inshoot tomining bir necha qismi qulab tushgan. Yong’in tufayli birjaning bir-biriga bog’langan ajdarho dumlari shaklida qilingan mashhur 56 metrli shpil qulab tushdi.
O’t o‘chiruvchilar yong’inni ochirish yuqori darajada murakkabligini ta’kidlashmoqda – yonayotgan tuzilmalarning bir qismiga kirish imkoni bo’lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Quruvchilar mavzesida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Pepsi zavodi yaqinidagi ombor yongan edi.