Xitoyning Li Auto avtomobilsozlik kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirishi haqidagi xabarlar yolg‘on, deya xabar bermoqda kompaniyaning yuridik xizmati Weibo ijtimoiy tarmog‘ida.
Li Auto xorijlik dilerlar bilan uchrashuvlar tashkil qilmaganliklarini ta’kidladi. Kompaniya vakillari xorijiy distribyutorlar bilan shartnoma imzolashgan fotosuratlar soxta bo‘lib chiqdi.
«Li Auto tegishli dalillarni to‘pladi va bu haqda jamoat xavfsizligi organlariga xabar berdi», deyiladi firma bayonotida.
Li Auto kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan. Kompaniya elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2023-yil oxirida kompaniya 376 mingdan ortiq avtomobil sotgan.
Avvalroq Kursiv 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 3,5 mingta elektromobil import qilganini yozgan edi.