Mirobod tumanida noqonuniy qurilgan xo‘jalik inshootlari buzildi

eʼlon qilindi
Va shuningdek, qurilmalar
Rasm: Mirobod tumani hokimligi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida noqonuniy qurilgan ayrim qurilma va inshootlar demontaj qilindi, deb xabar berdi tuman hokimligi.

Qurilishlarning demontaj qilinishini Mirobod hokimi Anvar Sayfutdinov va boshqa mutasaddi tashkilotlar kuzatishgan.

Eslatib o‘tamiz, shahar hokimligi bundan avval ham noqonuniy qurilishlarga qarshi kurash olib borgan. 2023-yilda Markaz-1 dahasidagi inshootlar demontaj qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Joriy yil boshida poytaxt hokimligi piyodalar harakatiga xalaqit beradigan noqonuniy inshootlarni buzilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shu bilan birga, hokimlik tadbirkorlarni ushbu turdagi ko‘chmas mulkni xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lishga, sotib olishdan oldin huquqshunoslar bilan maslahatlashishga chaqirdi.

Avvalroq «Kursiv» YUNESKO Buxorodagi binolarning ommaviy ravishda buzilishiga izoh berganini yozgan edi.

Shuningdek