Yangiliklar

Gretsiyada Olimpiya mash’alasi yoqildi

Marosim Olimpiya shahrida bo‘lib o‘tdi
Rasm: Milliy Olimpiya Qo‘mitasi

Gretsiyaning Olimpiya shahrida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari mash’alasini yoqish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Faxriy mehmonlar orasida Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax, o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi vakillari, Parij meriyasining rahbarlari va boshqa taniqli shaxslar bor edi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/04/x2twitter.com_1780171364713861121720p.mp4

Rejaga  ko‘ra, mash’ala estafetasi Gretsiyada 11 kun davom etadi. Shundan so‘ng, 26-aprel kuni tashkiliy qo‘mita vakillari mash’alani 120 yoshli «Le Belem» kemasi bortida Marselga yetkazadi.

Rasmiy birinchi Olimpiya o‘yinlari 1896-yili Gretsiyada bo‘lib o‘tgan.

Birinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchi Lina Cheryazova bo‘ladi. U 1992- yili Fransiyada bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida fristayl bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlariga 26 ta litsenziyani qo‘lga kiritganini e’lon qilgan edi.