Yangiliklar

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 30 foizga oshdi

Istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish rejalashtirilgan
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 27 foizga oshirdi. Bu haqda O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramovning uchrashuvida ma’lum bo‘ldi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi rahbari «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» strategik muloqoti doirasidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

Mirziyoyev va Bayramov Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, oʻn yoʻnalish boʻyicha istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish masalalarini muhokama qildi.

Bugungi kunda mamlakatlar avtomobilsozlik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, energetika va to‘qimachilik sanoati kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.

Mirziyoyev avvalroq Ozarbayjon bilan energetika sohasida hamkorlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilgani haqida avval xabar berilgandi.