O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklarga aylandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Toshkentda kelishuv imzolandi
Bu haqda Toshkentda kelishuv imzolandi
Rasm: O‘zbekiston TIV Telegram-kanali

Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim imzolandi, deb yozdi OʻzR Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram-kanalida.

Marosim 15-aprel, dushanba kuni Toshkentda «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari» strategik muloqoti ishtirokchilari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1997-yil 27-noyabrda oʻrnatilgan.

Saidov Toshkentdagi sammitni muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidladi. TIV rahbari Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlari siyosat, iqtisodiyot va energetika sohalaridagi masalalarni muhokama qilishganini taʼkidladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Qatar madaniyati haftaligi 2024-yil kuzida o‘tkazilishini yozgan edi.

Shuningdek