Oʻzbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz narxi oʻzgaradi

eʼlon qilindi
Joriy yilning 1-may sanasidan boshlab elektr va tabiiy gaz tariflari oʻzgaradi.
Foto: Bilano.i.ua/ depositphotos.com

Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori asosida joriy yilning 1-may sanasidan boshlab elektr va tabiiy gaz tariflari oʻzgaradi. Bu haqda energetika vaziri oʻrinbosari Umid Madaminov AOKAdagi brifingda maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq, yoqilgʻi-energetika resurslarining 2024-2025-yillarda bosqichma-bosqich oʻzgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.

1-maydan boshlab energoresurslar isteʼmoli uchun ijtimoiy norma quyidagicha:

elektr energiyasiga — oyiga 200 kVt/soatgacha;

gaz (martdan-oktabrgacha) — 100 kub metrgacha;

gaz (noyabrdan-fevralgacha, yaʼni isitish mavsumida) — 500 kub metrgacha.

Elektr enegriyasi

1-maydan boshlab elektr energiyasi narxi isteʼmolchilarning I va II guruhlari uchun oʻzgarishsiz qoldirildi (1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 soʻm va 900 soʻm).

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar uchun 1 oydagi isteʼmoldan kelib chiqib oyiga 200 kVt/soatgacha boʻlgan qismiga 225 soʻmdan, 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 450 soʻm, 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 675 soʻm, 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 787,5 soʻm, 10 000 kVt/soat va undan yuqori isteʼmol qilgan isteʼmolchilar uchun 900 soʻmdan etib belgilanmoqda.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun esa bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib oyiga 200 kVt/soatgacha 450 soʻmdan, 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 900 soʻmdan, 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 1350 soʻm, 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 1575 soʻm, 10 000 kVt/soat va undan ortiq isteʼmol qiluvchilar uchun har bir kVt/soat uchun 1800 soʻm etib belgilanmoqda.

Isteʼmolchilarning VI guruhi uchun ham narxlar oʻzgarishsiz, yaʼni bir kVt/soat uchun 900 soʻmdan boʻlib qoladi.

Tabiiy gaz

Noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometri narxi 500 kub metrgacha isteʼmol uchun 380 soʻmdan 650 soʻmgacha, 500 dan 2500 kub metrgacha 1500 soʻmdan, 2 500 dan 5 000 kub metrgacha 1950 soʻmdan, 5 000 dan 10 000 kub metrgacha 2275 soʻm, 10 ming kub metrdan yuqori isteʼmol uchun 2 600 soʻmdan etib belgilandi.

Mart-oktabr oylarida 100 kub metrgacha gaz isteʼmoli uchun tariflar 650 soʻm, 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha 1500 soʻm, 2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha 1950 soʻm, 5000 kub metrdan 10 ming kub metrgacha 2275 soʻm, 10 ming kub metrdan ortiq isteʼmol uchun 2600 soʻmdan etib belgilandi.

Hisoblagichlar yoʻq boʻlganda ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun beriladigan gazning bir kub metri 660 soʻmdan 1200 soʻmga (+81,8 foiz), isitish uchun 380 soʻmdan 700 soʻmgacha (+84,2 foiz) oshadi.

Aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kgga 1120 soʻmdan 1600 soʻmga (+42,8 foiz) oshadi.

1-iyundan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (AGTKSH) yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 soʻmdan 1800 soʻmga (+12%) oshadi.

Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan kuchga kiradigan tariflar ham tasdiqlandi.

Elektr energiyasi

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan tarzda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp qavatli uylardagi xonadonlar va yotoqxonalar uchun ijtimoiy meʼyor doirasida, yaʼni oyiga 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi 300 soʻmdan yetkazib beriladi. Meʼyordan oshganda tabaqalashgan tariflar oyiga 201 kVt/soatgacha 1000 kVt/soatgacha 500 soʻm, 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 750 soʻm, 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 875 soʻm, 10 000 kVt/soatdan keyin 1000 soʻmni tashkil etadi.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun ijtimoiy meʼyor doirasidagi (oyiga 200 kVt/soatgacha) tarif 600 soʻm boʻladi. Oyiga 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 1000 soʻm, 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 1500 soʻm, 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 1750 soʻm, 10 000 kVt/soatdan keyin 2000 soʻmni tashkil etadi.

Tabiiy gaz

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun ijtimoiy meʼyor doirasida, yaʼni oyiga 500 kub metrgacha boʻlgan tabiiy gaz isteʼmoli uchun tarif 1 kubometr uchun 1000 soʻmni tashkil etadi. Oyiga 500 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1800 soʻm, 2500 kubometrdan 5000 kubometrgacha 2100 soʻm, 5000 kubometrdan 10 000 kubometrgacha 2500 soʻm, 10 ming kubometrdan keyin 3000 soʻmlik tarif amal qiladi.

Mart–oktyabr oylarida esa tariflar ijtimoiy meʼyor doirasida, yaʼni oyiga 100 kubometrgacha 1000 soʻm, 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha 1800 soʻm, 2500 kubometrdan 5000 kubometrgacha 2100 soʻm, 5000 kubometrdan 10 000 kubometrgacha 2500 soʻm, 10 ming kubometrdan keyin 3000 soʻmni tashkil etadi. 

Shuningdek