Oʻzbekistonda transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish 7-yildan beri amaldaligi maʼlum qilindi
Oʻzbekistonda avtotransport vositalarini import qilish uchun muvofiqlik sertifikatlarini berish yetti yildan beri amalda boʻlib kelmoqda. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ma’lum qildi.
Avtotransport vositalari importi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekiston prezidentiga murojaatlarida transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda muammolarga duch kelayotganliklarini iddao qilingan edi.
Internet tarmogʻida muhokamaga sabab boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarida keltirilgan «yangi tartib» aslida 2017-yildan buyon amalda ekanligi maʼlum qilindi.
Bugungi kunda respublikada transport vositalarining muvofiqligini baholash ishlari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan qonuniga ko‘ra, umumiy texnik reglament asosida akkreditatsiyadan oʻtgan 11 ta sertifikatlashtirish idoralari va 12 ta sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston BYD elektromobillarining O‘zbekiston iqlim va yoʻl sharoitlariga mos kelmasligi sababli importini cheklashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.