Rossiya neftining O‘zbekistonga tranziti yetti barobar oshdi

eʼlon qilindi
2024-yil yanvar-mart oylari bo‘yicha
Rasm: DeminPan / depositphotos.com

2024-yilning birinchi choragida Qozog‘istonning «KazTransOil» kompaniyasi Rossiyadan 75 ming tonnaga yaqin neftni tashidi. Bu bir yil oldingiga nisbatan qariyb yetti barobar ko‘pdir.

Kompaniya Rossiya Federatsiyasidan neftni Qozog’iston hududi orqali O’zbekistonga jo‘natadi.

2023-yilning dastlabki uch oyida kompaniya 10,7 ming tonna Rossiya neftining tranzitini ta’minladi.

Shu bilan birga, 2024-yil aprel oyida KazTransOil Rossiya Federatsiyasidan 50 ming tonna neftni tashishni rejalashtirmoqda. Ammo bunday hajmlarda ham kompaniyaning 550 ming tonnalik yillik tranzit rejasi bajarilmasligi mumkin.

Rossiya nefti KazTransOil neft quvurlari orqali O‘zbekistonga 2017-yildan boshlab jo‘natilgan. 2019- yildan 2022-yilgacha esa neft tranziti to‘xtatilgan.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘iston suv toshqinlariga qaramay, Rossiya neftini O‘zbekistonga tashishda davom etayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek