Saida Mirziyoyeva Florensiyada o‘zbek avangardi ko‘rgazmasini ochdi

eʼlon qilindi
Ko‘rgazma 15-apreldan 30-iyunga qadar davom etadi
Rasm: Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali

15-aprel, dushanba kuni Florensiyadagi Palazzo Pittidagi «O‘zbekiston: Sahrodagi avangard» ko‘rgazmasining birinchi qismi – «Nur va rang» ochilishi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Uning soʻzlariga koʻra, koʻrgazma XX-asrning birinchi yarmidagi rus rassomlari va Oʻzbekiston milliy san’at maktabi vakillarining asarlaridagi Markaziy Osiyoning badiiy qiyofasiga bagʻishlangan.

«Nur va rang» ko‘rgazmasi 30-iyunga qadar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.

Video: Saida Mirziyoyeva Telegram-kanali

Ta’kidlash joizki, «Shakl va ramz» ko‘rgazmasining ikkinchi qismi Venetsiyadagi Ka Foskari universitetining ko‘rgazmalar maydonida 17- apreldan 29-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Kursiv» Samarqandga MDHning madaniy poytaxti faxriy unvoni berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek