Tesla 14 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
Oxirgi paytlarda iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan Amerika elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi xodimlarining 10 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatadi, deb xabar berdi Electrek kompaniya xodimlari tomonidan olingan elektron maktubga tayanib.
Tesla bosh direktori Ilon Mask imzolagan xabarda: «Biz chuqur tahlil o‘tkazdik va ishchi kuchimizni butun dunyo bo‘ylab 10 foizdan ko‘proqqa qisqartirish bo‘yicha qiyin qaror qabul qildik.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, gap kamida 14 ming kishining ishdan bo‘shatilishi haqida ketmoqda.
Mask bu qarorni «rollar va lavozim funksiyalarining takrorlanishi» bilan izohladi. Ishchilar sonining qisqarishi kompaniyaga “tegishli, innovatsion va o‘sish siklining keyingi bosqichiga tayyor bo‘lishga» imkon beradi.
Avvalroq «Kursiv» Tesla va BYD elektromobillari sotuvi pasaygani haqida xabar bergan edi.