Xitoy YaIM 2024-yilning birinchi choragida 5,3 foizga o‘sdi
eʼlon qilindi
Sanoat ishlab chiqarishi 6,1 foizga oshdi
2024-yilning birinchi choragida Xitoy yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 5,3 foizga o‘sdi, deya xabar beradi «Sinxua».
Yanvar-mart oylarida iqtisodiyotning rivojlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat statistika boshqarmasi tomonidan maʼlum qilindi.
Ishsizlik darajasi 5,2 foizni tashkil etdi, sanoat ishlab chiqarishi 6,1 foizga, chakana savdo hajmi 4,7 foizga oshdi.
Avvalroq Xitoy hukumati 2024-yilda mamlakat iqtisodiyotini 5 foizga o‘stirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.