
Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 23-27 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgydromet.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi va quyosh chiqadi. Yomg‘ir yog‘maydi. Havo harorati kunduzi 21-23 iliq va kechasi 7-9 iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo 10-15 iliq, kechasi esa 3-8 daraja iliq bo‘ladi.