Yangiliklar

Besh grammlik oltin besh milliondan qimmatga sotilmoqda

Qimmatbaho metalning jahon bozorida narxi oshishi tufayli
Rasm: Pixabay

Oltin narxi jahon bozorida qimmatlashgani sababli, oltin quymalar narxi ham tobora oshib bormoqda. O‘zR Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymaning narxi 5,01 mln so‘mni tashkil qildi. 13-aprel kuni esa shu og‘irlikdagi quyma narxi 5 million so‘mga yetib bormagan edi.

Boshqa og‘irlikdagi qimmatbaho metal quymalarining narxlari ham ko‘tarildi. 10 grammlik quyma uchun 10,02 mln mablag‘ ajratish kerak bo‘ladi. 20 grammlik barning narxi 20,04 million so‘m, 50 grammlik barning narxi 50,12 million so‘m bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari mart oyida qariyb $2 mlrdga oshgan edi. Tonnadagi oltin zaxiralari 11,9 dan 11,5 mln troya unsiyasiga kamaydi. Ammo jahon bozorida qimmatbaho metallar narxining oshishi dollar hisobida zaxiralarning $24,1 dan $25,4 mlrdga (+$1,3 mlrd) koʻpayishiga olib keldi. Bundan xulosa qilish mumkinki, oltin narxining oshishi OʻzR zaxiralarining koʻpayishiga asosiy sabab boʻldi.