Mahallalarda to‘qimachilik korxonalari filiallarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Bu tadbirkorlarga mablag‘ni tejash imkonini beradi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston hukumati mahallalarda yirik korxonalarning filiallarini tashkil etish orqali to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bir kun avval prezident Shavkat Mirziyoyev shu masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qildi uning matbuot xizmati.

«Ishlab chiqarishning qulay yo‘llaridan biri – yirik korxonalar filiallarini mahallalarda ochish. (…) Shu bois bu amaliyotni kengaytirish zarurligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

Misol tariqasida Samarqand shahrida 11 ta filial ochgan «Zarafshon textile» fabrikasi keltirildi. Ushbu yondashuvning afzalligi sertifikatlar va standartlarni amalga oshirish uchun keraksiz xarajatlarning yo’qligi.

«Bu sohada yagona to‘g‘ri yo‘limiz – mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va an’anaviy arzon bozorlardan, yangi bozorlarga kirib borish, – dedi Shavkat Mirziyoyev», — dedi Mirziyoyev.

Avvalroq O‘zbekiston yanvar oyida to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 14,4 foizga oshirgani xabar qilingandi.

Shuningdek