Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi U-23 1- tur o‘yinlaridan joy olgan O‘zbekiston Malayziya o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar berdi O‘FA.
Milliy terma jamoa malayziyalik futbolchilar ustidan 2:0 hisobida ustun keldi. 10-daqiqada penaltidan jamoa sardori Jasur Jaloliddinov hisobni ochdi va birinchi taym o‘zbekistonlik futbolchilar ustunligida yakunlandi. 2-taymning 86- daqiqasida Ulug‘bek Hoshimov hisobni 2:0 aylantirdi.
2-turda O‘zbekiston U-23 jamoasi Quvaytga qarshi bahs olib boradi. Hozircha milliy terma jamoa D-guruhi peshqadami.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash turniriga yo‘llanma olganini e’lon qilgan edi.