O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Malayziyaga qarshi maydonga tushadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        soat 18:00 boshlanadi
                    
                            
Bugun, 17-aprel kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogida milliy terma jamoa Malayziya vakillariga qarshi to‘p suradi, deb xabar berdi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.
1-tur o‘yni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 start beriladi. Uchrashuvni esa iordaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Ahmad Faysal Muhammad Alali, unga qanotlarda hamyurtlari Ayman Faysal Hamze Obeydat va Ahmad Mansur Samara Muhsen yordam beradi.
Aytish joizki, 2018- yilgi U-23 Osiyo kubogini O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi nazorat oʻyinida Xitoyni magʻlub etganini e’lon qilgan edi.
