Bugun, 17-aprel kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogida milliy terma jamoa Malayziya vakillariga qarshi to‘p suradi, deb xabar berdi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.
1-tur o‘yni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 start beriladi. Uchrashuvni esa iordaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Ahmad Faysal Muhammad Alali, unga qanotlarda hamyurtlari Ayman Faysal Hamze Obeydat va Ahmad Mansur Samara Muhsen yordam beradi.
Aytish joizki, 2018- yilgi U-23 Osiyo kubogini O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi nazorat oʻyinida Xitoyni magʻlub etganini e’lon qilgan edi.