O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Koreya musulmonlari federatsiyasi radikallashuvga qarshi birgalikda kurashish niyatida, deb xabar bermoqda O‘zR diniy tashkiloti matbuot xizmati.
Memorandumni Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazar Koreya musulmonlari federatsiyasi rahbariyati bilan imzoladi.
Tomonlar, shuningdek, ta’lim sohasidagi tajriba almashish va yot g‘oyalarga birgalikda qarshilik ko‘rsatish niyatida.
Koreya musulmonlari federatsiyasi 1966-yilda tashkil topgan. Ushbu tashkilot koreys musulmonlarining diniy va ijtimoiy ishlarini boshqarish uchun mas’uldir, shuningdek, xayriya va missionerlik ishlari bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq «Kursiv» Nuriddin Xoliqnazar musulmon oqsoqollari kengashiga a’zo bo‘lganini yozgan edi.