Yangiliklar

O‘zbekistonda ko‘mirning davlat narxlariga o‘zgartirishlar kiritiladi

Bu tashabbus hukumat qarorida e’lon qilingan
Rasm: xtrex/Depositphotos

O‘zbekistonda ko‘mir narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinmoqda, bu haqda Vazirlar Mahkamasining 16-apreldagi qarorida aytilgan.

Tashabbusni ishlab chiqish Energetika vazirligi va respublikaning boshqa idoralari zimmasiga yuklatilgan. Bir oy muddatda ular bozor tamoyillari asosida narx belgilash bo‘yicha takliflar kiritishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish 6,2 million tonnaga yetdi, bu 2022-yilga nisbatan 15,5 foizga ko‘pdir. 2024 yilning yanvar-fevral oylarida ko’mir qazib olish 659 ming tonnani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga kamdir.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi kompaniyalar energiya resurslarini asossiz isrof qilgani uchun jarimaga tortilmoqchi ekanligini e’lon qilgan edi.