Yangiliklar

Qancha gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi

Bu haqda AOKAda tashkil qilingan brifingda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot kotibi maʼlum qildi
Foto: «Hududiy elektr tarmoqlari»

2024-yilning birinchi choragida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish orqali davlat manfaatlariga 333,8 milliard soʻm zarar keltirildi. Bu haqda AOKAda tashkil qilingan brifingda «Oʻzenergoinspeksiya» matbuot kotibi Navroʻz Norboboyev maʼlum qildi.

Ushbu davr mobaynida 2629 nafar isteʼmolchi tomonidan 111,4 million metr kub tabiiy gaz va 111,2 kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Shuningdek, 63 ta kripto-aktiv va mayning faoliyatini noqonuniy amalga oshirilgan holatlar ham aniqlangan.

Avvalroq «Kursiv» 1-maydan Oʻzbekistonda elektr energiyasi va gaz narxi oshishi haqida xabar bergan edi.