Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xalqaro reyslarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtini 20 daqiqaga qisqartirdi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati xabar berdi.
Endi ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa o‘rniga 1 soat oldin yopiladi. Bu Toshkent xalqaro aeroportida reyslar soni va yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airways samolyoti Dubayga qo‘na olmay, Birlashgan Arab Amirliklarining muqobil Fujayra xalqaro aeroportiga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.