Toshkent aeroportida yuk terminali quriladi

eʼlon qilindi
Yuk tashish hajmi kuniga 300 tonnagacha oshiriladi
Foto: tashkent-airport.uz sayti

Toshkent xalqaro aeroportida yuk terminali qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi loyihalar taqdimoti chog‘ida ma’lum qilindi.

Terminal yuklarni qayta ishlash hajmini kuniga 300 tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, aeroportda uchish terminali modernizatsiya qilinmoqda. Aeroportning rekonstruksiya qilinishi uning sig‘imini soatiga 1,2 mingdan 2,4 ming yo‘lovchiga yetkazishi kerak.

Avvalroq «Kursiv» Accor xalqaro operatori Toshkent aeroporti yaqinida mehmonxona ochishini yozgan edi.

Shuningdek