Vladimir bojxona xodimlari 9 ta zotdor otning Oʻzbekistonga olib kelinishiga ruxsat berdi

eʼlon qilindi
Otlar O‘zbekistonga poyezdda Qozog‘iston orqali olib kelinadi
Foto: Vladimir bojxona xizmati

Vladimir bojxona xizmati Oʻzbekistondagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun 9 ta zotdor otni vaqtincha olib chiqishga ruxsat berdi.

Gannover, Oldenburg, Vestfaliya, Gollandiya va Andalusiya zotlariga mansub otlar Rossiyadan Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga olib kelinadi.

Veterinariya nazorati va hujjatlarni rasmiylashtirish toʻrt soat davom etdi.

«Bizning vazifamiz — bojxona nazoratini samarali va qisqa vaqt ichida amalga oshirish, jonivorlar stressiz va imkon qadar tezroq manzillariga borishi», — deb taʼkidladi Vladimir bojxona rahbari Pavel Pavlov.

Avvalroq «Kursiv» Yekaterinburgdagi Koltsov aeroporti bojxona xodimlari Oʻzbekistondan olib kelingan atirgul koʻchatlarini Rossiya federatsiyasiga kiritmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek