Rossiyaning Wildberries internet-doʻkoni Oʻzbekistondagi oʻzining birinchi logistika markazining qurilishini keyinga qoldirdi. Kompaniya majmuani 2026-yilgacha foydalanishga topshiradi. Bu haqda kompaniyaning Oʻzbekistondagi vakili Sardor Qodirov maʼlum qildi.
«Bu nostandart loyiha. U Oʻzbekiston uchun maxsus tayyorlanmoqda, biz qurilishdan oldingi tayyorgarlikni yakunladik. Hozir barcha parametrlarni yakunlash arafasidamiz», — deya Qodirovning soʻzlarini keltiradi Interfaks agentligi.
Wildberries vakilining soʻzlariga koʻra, inshoot qurilishi sakkiz oygacha davom etishi mumkin. Markazni 2026-yilga qadar ochish rejalashtirilgan, avvalroq loyiha 2024-yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.
Loyiha qurilishi uchun kiritilgan sarmoya hajmi qariyb $140 million tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» Wildberries Oʻzbekistonda jami uchta logistika markazi qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.