18-aprel kuni O‘zbekistonda iliq havo saqlanib turadi
eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor

Bugun, 18-aprel kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 23-27 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgydromet.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 24-26 daraja iliq bo‘ladi, kechasi esa 9-11 daraja iliq.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarning tepaliklarida qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi havo 13-18 iliq, kechasi esa 7-12 daraja iliq bo‘ladi.