Alisher Usmonov rossiyalik milliarderlar reytingida bir pog‘ona pastga tushdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Rossiyaning Forbes ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: «San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi

Alisher Usmonov Rossiyaning Forbes nashri tomonidan 2024-yil uchun rossiyalik milliarderlar reytingida 125 kishi orasida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonovning joriy yildagi boyligi $13,4 mlrd tashkil qilgan. 2023-yili esa milliarderning kapitali $14,4 mlrd baholangan va o‘tgan yilgi Forbes reytingida sakkizinchi o’rinni egallagan edi.

2024-yilgi reytingga ko‘ra milliarderdan bir pog‘ona tepada joylashgan Telegram asoschisi Pavel Durov va 10-o‘rinda LetterOne investitsiya kompaniyasi direktorlar kengashining sobiq a’zosi Mihail Fridman bo‘lishdi.

Durov $15,5 mlrd boyligi bilan sakkizinchi o’rinni egalladi, $13,1 mlrd bilan Fridman Rossiyaning eng boy odamlari o‘ntaligini yopdi.

Rossiyaning Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, eng boy rossiyalik «Lukoyl» neft kompaniyasining sobiq prezidenti Vagit Alekperov $28,6 mlrd boyligi tashkil qiladi. 125-o’rindagi «Delo» guruhi direktorlar kengashi raisi Sergey Shishkarev $1 mlrdga ega.

Avvalroq «Kursiv» Alisher Usmonov Forbes ro‘yxatida 21-o‘rinda ekanligini yozgan edi.

Shuningdek