Isroil rasmiylari mamlakat o‘zini himoya qilishini aytdi
Isroil o’zini himoya qilish uchun zarur bo’lgan hamma narsani qiladi va javob choralarini mustaqil ravishda hal qiladi, dedi Bosh vazir Benyamin Netanyaxu.
«Men shuni aytmoqchimanki, biz o‘z qarorlarimizni o‘zimiz qabul qilamiz, Isroil davlati o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qiladi», — Netanyaxuning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.
Bir kun oldin Germaniya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Isroilga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif G‘arb davlatlarining mintaqada mojaro avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kelishilgan sa’y-harakatlari doirasida bo‘ldi.
Chorshanba kuni kechqurun Isroil harbiylari Livan sharqidagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbulloh guruhining «terrorchilik infratuzilmasi»ga zarbalar berganini e’lon qilgan edi.
Avvalroq Eron Isroilga hujum qilgan edi. Barcha raketalar va dronlar urib tushirilgani, o‘lim holatlari qayd etilmagani bildirildi.
Avvalroq «Kursiv» Isroil va Eron o’rtasidagi mojaro O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishini e’lon qilgan edi.