Oʻzbekiston mobil internet hamyonbopligi boʻyicha Markaziy Osiyoda eng yaxshi boʻldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zbekiston reytingda 43-o‘rinni egalladi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston mobil internetning hamyonbopligi boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi. Bu reytingda aloqa xarajatlari darajasi mamlakatdagi oʻrtacha ish haqiga nisbatan foizda hisobga olinadi. Bu Broadband Genie tomonidan tuzilgan Mobile Data Affordability Index 2024 koʻrsatkichlarida maʼlum boʻldi.

Indeks 179 ta davlatlarda oʻrtacha ish haqiga va kamida 10Gb internet ishlatish ushbu oylikni qancha qismiga toʻgʻri kelishi tahlil qilingan. Oʻzbekiston bu koʻrsatkich boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi va dunyoda 43-oʻrinda deb topilgan.

Shuningdek, Ushbu jadvalni 10Gb internetni ishlatish narxi (Mobile data cost) boʻyicha tahlil qilinsa, bu koʻrsatkichda Oʻzbekiston dunyoda 5-oʻrinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi koʻrsatilgan.

Taqqoslash uchun, Qozogʻiston 63-oʻrindan, Qirgʻiziston 90-oʻrindan, Tojikiston 163-oʻrindan joy olgan. Turkmaniston esa reytingdan umuman joy olmagan.

Avvalroq 2025-yilda Starlink sunʼiy yoʻldosh tizimi Oʻzbekistonda paydo boʻlishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek