Pattaya yaqinida ammiak sizib chiqdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Jabrlanganlar soni 160 kishini tashkil etdi
Rasm: Bangkok Post

14-aprel, payshanba kuni Pattaya yaqinidagi Bang Lamung tumanidagi muz ishlab chiqarish zavodida ammiak sizib chiqishi sodir bo‘ldi, deb yozadi Bangkok Post portali.

Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga koʻra, qutqaruv xizmatlari tomonidan zavod ishchilari va 2 km radiusdagi aholini evakuatsiya qilgan. Hodisa oqibatida 160 kishi jabrlangan.

Tailand sog‘liqni saqlash vaziri Chonlanan Shrikaevning aytishicha, rasmiylar vaziyatni kuzatib bormoqda va vazirlik vakillari hodisani o‘rganish uchun sizib chiqqan hududga yo‘l olishgan.

Ta’kidlash joizki, Bang Lamung tumani butun dunyodan, jumladan, O‘zbekistondan kelgan sayyohlar orasida mashhur.

Tailand Turizm va sport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda Tailandga 19 ming oʻzbekistonlik sayyoh tashrif buyurgan. 2022-yilning sakkiz oyida 2,5 mingga yaqin kishilar sayohat qilgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida ushbu mamlakatga 11,1 ming nafar o‘zbekistonliklar  tashrif buyurishgan.

Avvalroq «Kursiv» Amerika rasmiylari Turkmanistonga atmosferaga metan chiqindilarini kamaytirishda yordam bermoqchi ekanligini yozgan edi.

Shuningdek