Yangiliklar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistonda piyoz arzonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Bu haqda avvalroq bloggerlar yozishgan edi
Rasm: Shutterstock

Oʻzbekistonda piyoz narxi pasaymadi, deb xabar qildi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.

Avvalroq blogerlar va Telegram kanallari piyoz narxi tushgani haqida yozishgan edi. Vazirlik tushuntirishicha, bu o’tgan yilgi piyozning omborlardagi narxi haqida ketyapti.

Bozorlarda 1 kg piyoz 2,5 ming so‘mdan 3,5 ming so‘mgacha, ulgurji savdo nuqtalarida esa 1,5-2 ming so‘mdan sotilmoqda.

Piyozning o‘rtacha hosildorligi gektariga 80 tonnani tashkil etadi. O‘simlik yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda bu koʻrsatkich 100 tonnagacha oshadi.

1 kg piyoz yetishtirish narxi o‘rtacha 800-1 ming so‘m bo‘lib, mahsulotning saqlanishi va tabiiy yo‘qotilishi (qurishi) hisobga olinsa, bu ko‘rsatkich 1,2-1,3 ming so‘mga yetadi.

«Kursiv» mart oyi oxirida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida piyoz yig‘im-terim ishlari boshlangani haqida xabar bergan edi.