Bozordagi vaziyat: Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli neft narxi oshadi

eʼlon qilindi
Oltin ham qimmatlashmoqda
Rasm: DeminPan/www.depositphotos.com

Neftning jahon narxlari sarmoyadorlarning Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi haqidagi xavotirlari tufayli oshib ketdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Juma kungi savdolar chog‘ida Brent markali neft narxi bir barrel uchun kutilmaganda $89 oshdi. Biroq keyinchalik narx biroz pasaydi: Toshkent vaqti bilan soat 09:40 holatiga ko‘ra, Brent neftining bir barreli $88,6, WTI $84,2 baholanmoqda.

Neft narxi Isroilning Eronga zarba berishi kutilayotgani tufayli ko‘tarildi. Juma kuni ertalab «Kursiv» xabariga ko‘ra, Isfaxon aeroportiga hujum uyushtirildi.

Oltin narxi ham oshdi. Trading Economics portaliga ko‘ra, bir unsiya uchun $2383 ko‘tarilgan.

Shuningdek