Mirziyoyev Mahmadtoir Zokirzoda bilan parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildi
eʼlon qilindi
Uchrashuv Dushanbeda bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston Oliy Majlisi Namoyandagon majlisi raisi Mahmadtoir Zokirzoda bilan parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, tomonlar madaniy-gumanitar loyihalar bo‘yicha sohaviy qo‘mitalar va hududiy kengashlar o‘rtasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar.
Tomonlar qabul qilingan hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va kelishuvlarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan parlament nazoratini yuqori darajada amalga oshirishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon «Do‘stlik oqshomi»ga tashrif buyurishgan edi.