Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6,2 foizga oʻsdi
eʼlon qilindi
2024 yil yanvar-mart oylari yakuniga ko'ra
Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 2024-yilning birinchi choragida 6,2 foizga oʻsdi, deb xabar qildi Davlat statistika agentligi.
2023-yilning yanvar-mart oylarida bu ko‘rsatkich 5,7 foizga ko‘tarilgan. Shunday qilib, O‘zbekiston YaIMning o‘sish tempi oshdi.
Joriy yilning dastlabki uch oyida iste’mol narxlari indeksi dekabr oyiga nisbatan 1,7 foizga oshdi. Aholining umumiy daromadlarining real o‘sishi 11,5 foizga baholanmoqda.
Tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga, eksport hajmi 10 foizga oshdi.
Avvalroq «Kursiv» Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 5,5 foizdan 5,2 foizgacha yomonlashtirgani haqida yozgan edi.