Ohangaronda quyosh elektr stansiyasini $2 mlrdga qurishmoqchi
Xitoylik investorlar Ohangaronda qiymati $2 mlrd quyosh elektr stansiyasini qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Toshkent hokimligi matbuot xizmati.
Elektr stansiyalarini qurish boʻyicha kelishuvga Oʻzbekiston vakillari Xitoyga tashrifi chogʻida erishgan. Xitoy tomoni Zangiota viloyatida $20 mlnga sog‘lomlashtirish pansionati qurilishi bo‘yicha qiziqish bildiryapti.
Xitoylik sarmoyadorlar Yangiyo‘lda kichik sanoat zonasi tashkil etish va turar-joy binolarini rekonstruksiya qilishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
2024-yil boshida Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi $14 mlrddan oshdi, joriy yilning yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda xitoylik investorlar ishtirokida 2,5 ming korxona ochildi.
Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Shenchjen shahrida Oʻzbekiston-Xitoy sarmoyaviy forumi boʻlib oʻtgan edi, unda Xitoy biznesining 600 dan ortiq vakillari ishtirok etgan.
Avvalroq «Kursiv» Namangan viloyatida umumiy qiymati $1,1 mlrd bo‘lgan uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlangani haqida yozgan edi.