Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetining badiiy qarorgohida Sharja amirligidan topilgan arxeologik topilmalar ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati xabar berdi.
«Sharja qadimiy tarixga ega. Bu hududda koʻplab eksponatlar topilgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, bu topilmalarning 80 foizi ilk bor Oʻzbekistonda koʻrgazmaga qoʻyildi, — dedi vazir. — Koʻrgazmadan Arabiston va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi munosabatlar tarixi hamda Sharja Amirligining neolit davridan Islomgacha boʻlgan davriga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar oʻrin olgan», dedi O‘zR hukumati rahbari o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Sharjada Mleyxa arxeologik yodgorligi topilgan, uning hududida saroy, istehkomlar, uylar, shuningdek, odamlar va hayvonlarning qabrlari topilgan. Topilmalarning umumiy maydoni uch kilometrdan oshdi. Bundan tashqari, yodgorlik yonidan oltin, kumush, bronza, fil suyagi, alebastr va shishadan yasalgan bezatilgan buyumlar ham topilgan. Bu buyumlarda qadimgi Misr, Yunon, Rim, Parfiya, Oʻrta Osiyo, Hindiston madaniyati izlarini koʻrish mumkin.
Ochilish marosimida BAA Sharja amirligi hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy va Sharja arxeologiya boshqarmasi bosh direktori Eyza Yusuf ham ishtirok etdi.
Avvalroq «Kursiv» Venetsiyada «O‘zbekiston: sahrodagi avangard» ko‘rgazmasining ikkinchi bo‘limi — «Shakl va ramz» ochilgani haqida xabar berilgan edi.