Yangiliklar

Sug‘urtalovchi Global Insurance Group’ga 62 mln so‘m jarima solindi

Va kompaniya litsenziyasini vaqtinchalik bekor qildi
Rasm: Aruba200-/Depositphotos

«Global Insurance Group» sug‘urta kompaniyasi qonunchilik me’yorlariga rioya qilmagani uchun 62 mln so‘m jarimaga tortildi, deb xabar berdi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.

Shuningdek, agentlik sug‘urta litsenziyasining amal qilishini o‘n kun muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Qaror 19-aprel, juma kuni kuchga kiradi.

Global Insurance Group 2008-yil aprel oyi boshida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning ustav kapitali 20 mlrd so‘m. Bugungi kunda kompaniya 50 dan ortiq turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

Sug‘urtalovchining 2023-yil uchinchi choragidagi moliyaviy hisobotiga ko‘ra, sof foyda 296,4 million so‘mni tashkil etdi. 2022-yilning iyul-sentyabr oylarida bu ko‘rsatkich 3,1 milliard so‘mdan oshgan edi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning aprel oyi boshida ILMA Universal Sug’urta kompaniyasi litsenziyasini bekor qilganini yozgan edi.