Toshkent kichik halqa yoʻli shu haftadan qisman yopiladi – xarita

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Yunusobod tumanida
Rasm: Kursiv

Toshkent shahridagi kichik halqa yoʻlining (KHAY) bir qismi 19-aprel, juma kunidan boshlab bir haftaga yopiladi, deb xabar qildi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Rasm: Toshkent hokimligi

Yo‘l yopilishi issiq suv tarmog‘ida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Uning uchastkasi Yunusobod tumani hududidan o‘tadi, shu sabab kichik halqa yo‘lining Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bir tomoni yopiladi.

Har ikki yo‘nalishda ham harakat yo‘lning bir tomonida bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda «Toza havo» oyligining birinchi bosqichi boshlangani haqida xabar bergan edi. Unda respublikaning barcha shaharlaridagi markaziy ko‘chalarda havodagi zararli avtomobil gazlari miqdori tekshiriladi.

Shuningdek