Xalqaro valyuta jamg‘armasi Osiyo markaziy banklarini ichki inflyatsiyaga e’tibor qaratishga va o‘z siyosiy qarorlarini AQSh Federal zaxira tizimining kutilayotgan harakatlari bilan bog‘lab qo‘ymaslikka chaqirdi.
AQSh FZTning qisqa muddatli foiz stavkasini pasaytirish bo‘yicha kutilmalarni yumshatish dollarning kuchli o‘sishiga sabab bo‘ldi, yapon yenasi va Janubiy Koreya vonini pastga tushirdi.
XVJ xodimlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, AQSh foiz stavkalari Osiyodagi moliyaviy holat va valyuta kurslariga «kuchli va darhol» ta’sir ko‘rsatadi, dedi kreditorning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha rahbari Krishna Shrinivasan.
Avvalroq AQSh pul-kredit siyosatidagi o‘zgarishlar va amaldagi natija o‘rtasida kuchli kechikish borligi ma’lum qilingandi – AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan choralarni kuchaytirishi allaqachon iqtisodiyotga ta’sir qilishi kerak edi, biroq bunday bo‘lmadi.