Yangiliklar

NKMK va OKMK xodimlari yer va mol-mulk solig‘ini to‘lamaydigan eng yirik qarzdorlarga aylanishdi

Ularning tegishli ravishda 8,1 va 8 mlrd so‘m qarzdorligi bor
Rasm: stevanovicigor / depositphotos.com

Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari ishchilari jamg‘arilgan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzlar miqdori bo‘yicha respublikada dastlabki ikki o‘rinni egallab turishibdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi ma’lumot berdi.

Ushbu korxonalar xodimlarining tegishli ravishda 8,1 va 8 mlrd so‘m qarzdorligi bor.

«Jumladan, 2024-yil 18-aprel holatiga 243 256 tashkilotning 1,1 mln nafardan ziyod xodimida 1,4 mln soliq obyekti bo‘yicha 738,4 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i – 400,7 mlrd so‘m, yer solig‘i – 337,7 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud», deyiladi xabarda.

Yer va xodimlarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar bo‘yicha NKMK va OKMKdan keyin uchinchi o‘rinni «Hududgazta’minot» AJ (6,3 mlrd) egalladi.

Avvalroq «Kursiv» eng ko‘p soliq to‘laydigan korxonalar haqida yozgan edi.