Nyu-Yorkdagi sud binosi oldida bir kishi o‘zini yoqib yubordi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Hozir u kasalxonada og‘ir ahvolda
Rasm: Vovashevchuk / depositphotos.com

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ustidan sud jarayoni ketayotgan sud binosi oldida bir kishi o‘ziga spirtli tozalash vositasini sepib, yoqib yubordi. Hozirda u kasalxonada og‘ir ahvolda yotibdi, deb xabar beradi BBC.

1987-yilda tug֥‘ilgan erkakning ismi Maksvell Azarello. Matbuot anjumanida Nyu-York politsiyasi uning shaharga 13-apreldan keyin kelganini, oilasi esa uning qayerdaligi haqida bilmasligini aytdi.

Rasmiylar Azarelloni fitna nazariyotchisi deb taxmin qilishdi va uning qarashlari uni bu qadamga undadi. Bunday xulosaga uning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari, shuningdek, o‘zini yoqishdan oldin tarqatib yuborgan broshyuralar asosida kelishgan.

Avvalroq «Kursiv» Kopengagendagi birja binosida yong‘in sodir bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek