O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordami sifatida qayiq, kiyim-kechak va oziq-ovqat yubordi
O‘zbekiston Qozog‘istonga suv toshqini munosabati bilan gumanitar yordam jo‘natdi, deb xabar qildi O‘zR Bosh vaziri matbuot xizmati. Bu borada prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq berdi.
Yuk tarkibida oziq-ovqat, kiyim-kechak, ko‘rpachalar, qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa mahsulotlar bo‘lgan. Qo‘shni davlatga jami 15 ta yuk mashinasi jo‘natildi.
Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, QzRda 20-aprel, shanba kuni ertalab sodir boʻlgan suv toshqinlari sababli 9 mingga yaqin odam evakuatsiya punktlarida. Yana 21,5 ming nafarga yaqin fuqarolar uyiga qaytdi.
Avvalroq «Kursiv» Qozog‘istonning uchta viloyatida (Atirau, Turkiston va Abay viloyatlari) suv toshqini oqibatida yetti kishi halok bo‘lganini yozgan edi.