Poytaxt va Toshkent viloyatida Rossiya hamda Qozog‘istondan olib kelingan giyohvandlik moddalari musodara qilindi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Toshkent shahrining Yangihayot va Sergeli tumanlarida “zakladkalar” yaratish rejalashtirilgan edi
Rasm: duiwoy / depositphotos.com

Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) Ichki ishlar vazirligi (IIV) bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Rossiya va Qozogʻistondan respublikaga olib kirilgan 19,7 kilogramm sintetik giyohvandlik moddalarni musodara qilishdi, deb xabar bermoqda DXX.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida xonadonni tekshirish chog‘ida 4,8 kg «Mefedron», salkam 3,3 kg «Spays» va 2,13 kg «Alfa-PVP» aniqlandi.

«Aniqlanishicha, ushbu narkotik moddalar mamlakatimizga bojxona nazoratini chetlab oʻtgan holda Qozogʻiston Respublikasidan olib kelingan va kelgusida ularni kichik boʻlaklarga boʻlgan holda, internet tarmogʻi orqali sotish rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.

Yana bir holatda, Rossiyadan keltirilgan giyohvandlik moddalari uchta avtomobil ehtiyot qismi (kardan vali) ichiga yashirilgan va yuk mashinasida (deyarli 3,8 kg Mefedron) jo‘natilgan. Zangiota tumanida 3 nafar fuqaro yukni qabul qilib olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan. Moddani kichik qismlarda Internet orqali sotish rejalashtirilgan edi.

Yana bir holat, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida yuz berdi. Sirdaryo viloyatidan kelgan fuqaroning vaqtinchalik yashash joyidan 5,7 kg vazndagi «Pregabalin» topilgan. U poytaxtning Yangihayot va Sergeli tumanlarida «zakladka» yasab, Telegram orqali sotishni rejalashtirgan.

Mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Avvalroq «Kursiv» Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari internetda giyohvandlik vositalarini reklama qilish va sotish uchun jazo choralarini kuchaytiruvchi qonun loyihasini qabul qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek