Samarqandda jala yomg‘iri UTair samolyotining shahar aeroportiga qo‘nishiga to‘sqinlik qildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bunday qaror samolyot ekipaji tomonidan qabul qilingan
                    
                            
Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Toshkent aeroportiga qo‘ndi, deb xabar bermoqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram kanali. Bu ma’lumotni «Kursiv»ga aeroportning ma’lumot xizmati tasdiqladi.
Bunday qaror UTair aviakompaniyasi samolyoti ekipaji tomonidan qabul qilingan. Havo kemasi «Vnukovo» aeroportidan uchayotgan edi.
Uzb_Meteo Telegram kanali avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumani markaziy ko‘chalarida kuzatilgan suv toshqini aks etgan kadrlarni e’lon qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» o‘tgan hafta oxirida Samarqand viloyatida ham sel va suv toshqinlari kuzatilgani haqida xabar bergan edi.
