OTBning O‘zbekistondagi loyihalari portfeli $4,2 milliardga yetdi

eʼlon qilindi
Bu haqda moliya muassasasi matbuot xizmati xabar berdi
Rasm: bworldonline.com

Bugungi kunda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonda umumiy qiymati $4,2 mlrd boʻlgan 29 ta loyihani amalga oshirmoqda, deb xabar qildi moliya muassasasi matbuot xizmati.

Bu raqam OTBning mamlakatdagi missiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi. Tadbirda O‘zbekiston davlat organlarining 70 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Uning ishtirokchilari, shuningdek, OTB portfelining samaradorligini ko‘rib chiqdilar va O‘zRda bank loyihalarini amalga oshirishdagi muammolarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqladilar.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda OTB iqlimni moliyalashtirish uchun rekord miqdorda $9,8 mlrd ajratgan edi. Xususan, mablag‘ «yashil» energiyadan foydalanish orqali issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga sarflandi.

Bu mablag‘dan bank global isish oqibatlarini yumshatish uchun $5,5 mlrd, moslashish uchun esa $4,3 mlrd ajratgan.

Avvalroq «Kursiv» OTB joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti sekinlashishini kutayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek