2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning 248 nafar mansabdor shaxslari tadbirkorlarni noqonuniy tekshirishlari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi, dedi biznes-ombudsman matbuot kotibi Guljamol Shukurova.
Shuningdek, asossiz undirilgan 1 milliard so‘mdan ortiq soliqlar tadbirkorlarga qaytarildi.
Shu vaqt ichida respublika biznes-ombudsmanı idorasiga 2,3 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Ularning 13 foizi soliqlar, 11 foizi banklar va kreditlar bilan bog‘liq.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilishi haqida yozgan edi.