Tenge Bank zararni 7,3 mlrd so‘mgacha qisqartirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024-yil yanvar-mart oylariga ko‘ra
Rasm: 2GIS.uz

Tenge Bank joriy yilning birinchi choragini 7,3 mlrd so‘m zarar bilan yakunladi, deya e’tiborni KAP DEPO investitsiya kompaniyasi qaratdi.

Taqqoslash uchun: 2023-yilning yanvar-mart oylarida zarar 31,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning uchinchi choragida bank  21,8 mlrd so‘m foyda ko‘rgan.

Joriy yilning mart oyi boshida moliya institutining kredit portfeli yillik o‘sish 48,4 foizni tashkil etib, 4 trillion so‘mga yetdi. Yil davomida muammoli kreditlar ulushi 3,4 foizdan 3,5 foizgacha oshdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi kichik banklarning birinchi chorakdagi faollik reytingida Tenge Bank bir pog‘ona pastlab, 14 ta bank orasida yettinchi o‘rinni egalladi.

Avvalroq Kursiv «Kapitalbank»ning sof foydasi 378,1 mlrd so‘mga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek