23-aprel kuni respublikaning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin
eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor

Bugun, 23-aprel kuni O‘zbekistonning bir necha hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor. Farg‘ona vodiysining barcha viloyatlarida va Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja bo‘ladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor va momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-29 va kechasi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor.