Yangiliklar

O‘zbekiston $2,6 milliardlik oltin eksport qildi

2024-yilning yanvar-mart oylari natijalariga ko‘ra
Rasm: AntonMatyukha/Depositphotos

Joriy yilning birinchi choragida Oʻzbekiston xorijga $2,6 milliardlik monetar boʻlmagan oltin yetkazib berdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 10,5 foizga koʻpdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Aprel oyi boshida OʻzRning oltin-valyuta zaxiralari $34,2 milliardni tashkil qildi. Oltin ulushi $25,3 milliardni tashkil etdi. Qimmatbaho metallning hajmi 11,5 mln troy untsiyaga yetdi, bu mart oyidagi koʻrsatkichdan 400 mingga koʻproq.

Jahon oltin kengashi (WGC) maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning fevral oyida Oʻzbekiston Markaziy banki qimmatbaho metallning asosiy sotuvchisiga aylandi. Bu vaqt ichida regulyator 12 tonna oltin sotgan.

Avvalroq «Kursiv» 17-aprel kuni ogʻirligi besh gramm boʻlgan oltin quyma rekord darajadagi 5 million soʻmga koʻtarilganini eʼlon qilgan edi.