O‘zbekiston U-23 Vyetnam ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

eʼlon qilindi
Hisob 3:0
Rasm: O‘FA

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 3-turidan joy olgan O‘zbekiston – Vyetnam bahsi o‘z nihoyasiga yetdi.

1-taymda hamyurtlarimiz o‘yinni shiddat bilan boshlashdi va 4-daqiqada Alisher Odilov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 36-daqiqada Jasurbek Jaloliddinovning uzatmasidan so‘ng Ruslanbek Jiyanov hisobni o‘zgartirdi. 1-taymning 40-daqiqasida Alisher Odilov ikkinchi marotaba Vyetnam darvozabonini ranjitdi va hisobni yiriklashtirdi, tabloda – 3:0.

Aytish joizki, «D» guruhida milliy terma jamoa to‘qqiz ochko jamg‘arib 1-o‘rindan joy oldi. Ikkinchi o‘rindagi Vyetnam vakillari olti ochko yig‘ishdi. Chorak finalda Saudiya Arabistoni bilan hamyurtlarimiz kuch sinashadi.

Avvalroq «Kursiv» 2-turda O‘zbekiston U-23 Quvayt ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek